
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
bagdod_akm@natlib.uz
+998912056567


Asosiy
Kutubxonamiz haqida
Kutubxona haqida
Bag‘dod tumanida dastlab 1956 yilda kutubxona tashkil etilgan. 1976 yilda kutubxona yangi binoga ko‘chirilgan va markazlashgan kutubxonalar tizimiga aylantirilgan. Shundan so‘ng kutubxonada KBK jadvali asosida ish yuritilgan. Bu davrda 1 ta Markaziy, 2-ta Bolalar kutubxonasi hamda 45 ta qishloq kutubxonalari faoliyat yuritgan. 100 mingdan oshiq kitob fondiga ega bo‘lgan. 1991 yilga kelib 32 ta kutubxona ish faoliyat olib borgan.
2006 yil 20 iyundagi "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida"gi 381-sonli qaroridan keyin kutubxona Bag‘dod tumani Qishloq ho‘jalik kasb-hunar kolleji tasarrufiga o‘tkazilgan. Bu davrda 29600 ta kitob fondiga ega bo‘lgan. Bag‘dod tuman markazida 1 ta markaziy kutubxona va 8 ta tarmoq kutubxonalar aholiga xizmat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi aholiga Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida" gi PQ-4354-son qaroriga asosan Milliy kutubxona qoshida axborot-kutubxona markazi sifatida o‘z faoliyatini boshladi.
2020 yildan Bag‘dod tuman xokimi A. Tursunov tashabbusi bilan tumanimizga yangi kutubxona barpo etilishi boshlangan. 2023 yilda Tashabbusli byudjet loyixasi asosida 1 mlrd 200 million so‘m miqdordagi mablag‘ ajratilib, tuman aholisiga ma’naviy maskan yangi binoda o‘z ish faoliyatini boshladi
Hozirgi kunga kelib AKMda umumiy fond 93734 ta, bosma nashrlar 88443 ta, elektron nashrlar 5227 ta, 64 ta gazeta va jurnallar.
Shundan o‘zbek tilida (kiril alifbosida)-51566 ta, (lotin alifbosida)-4305 ta, rus tilida-36814 ta, chet tilida-63 ta turli hil adabiyotlar mavjud.
Axborot-kutubxana markazida 4 bo‘limning mutaxassislari kitobxonlarga sitqi dildan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Axborot-biblografiya xizmati
Fondlarni to‘ldirish,saqlash va ularga ishlov berish xizmati
Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati
Kutubxona zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, kitobxonlar uchun o‘quv zallari, kompyuter xonalari mavjud.
Kutubxonada doimiy ravishda kitob va mutolaani targ‘ib qiluvchi turli tadbirlar o‘tkazib boriladi: davra suhbatlari, aksiya, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, turli-tuman ko‘rgazmalar shular jumlasidandir.
Kutubxonada “Kitob bilag‘onlari”, “Kitob tafakkur qanoti”, “Sehrli mo‘yqalam”, “Mohir qo‘llar” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.
Axborot-kutubxona markazi
Telegram https://t.me/bagdod_kutubxona
Instagram https://instagram.com/bagdod_kutubxona?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook https://www.facebook.com/bagdodakm/
Twitter https://twitter.com/Bagdod_AKM?t=v9jti054Pvf56U2uGunS7w&s=09
Youtubehttps://youtube.com/channel/UCbXVEGytZn71wvLk-aOQtBw
Watsaap https://whatsapp.com/channel/0029Vb5bbaA2kNFo5LqbVU3H
Ijtimoiy armoqlarida rasmiy sahifalariga ega. Kutubxona faoliyatidagi yangiliklar va loyihalar muntazam yoritib borilmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘limi tomonidan 2022-yildan buyon 4500 dan ziyod adabiyotlar raqamlashtirildi.
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!